Ukraina BMTdan Kurskdagi gumanitar harakatlarga qo‘shilishni so‘radi

Olam

image

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi BMT va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasidan Ukraina qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyati hududlari tinch aholisi ehtiyojlarini qondirishga yordam berishni so‘raydi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, Ukraina xalqaro gumanitar huquq sohasidagi o‘z majburiyatlarini, shu jumladan, tinch aholini jangovar harakatlardan himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlariga “qat’iy rioya qiladi”.

Shu bilan birga, ma’lumki, xalqaro tashkilotlar Kursk viloyati hududiga kirish uchun har ikki tomonning roziligini talab qiladi.

XQXQ bosh yuridik direktori Kordula Droge “Babel”ga bergan intervyusida bunday muloqotlar davom etayotganini, ammo ommaviy emasligini aytdi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevning Qizil Xoch va BMT vakillarini Ukraina bo‘linmalari tomonidan bosib olingan Kursk viloyati hududlariga taklif qilganini “provokatsiya” deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml ikkala tashkilot ham “bunday provokatsion bayonotlarga ehtiyotkorlik bilan baho berishini” kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Kursk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing