Ukraina “blekaut”ning oldini olish rejasini ishlab chiqdi — ekspert
Olam
−
12 dekabr 2022
5078Ukraina Rossiya qurolli kuchlari raketa zarbalari bilan qo‘zg‘atmoqchi bo‘lgan energetika tizimining qulashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda Energetika tadqiqot markazi direktori Aleksandr Xarchenko milliy telemarafon efirida ma’lum qildi.
"Prezident devoni, hukumat va "Ukrenergo" ishtirokida energiya tizimimizning xavfsizlik darajasini oshirish rejasi ishlab chiqilgan", deydi Xarchenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tartibli harakatlar va hodisalarning ushbu sxemasi Ukrainaga qorong‘ulikka tushib qolmaslikka yordam beradi.
Energetika tadqiqotlari markazi direktori Ukrainada energetika sohasini barqarorlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiyaning aniq nuqtalarini tilga olmagan. Uning fikricha, hamma narsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri energetika tizimi Rossiya harbiylarining navbatdagi zarbalari paytida ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararga bog‘liq bo‘ladi.
"Keyingi hujumlar to‘lqinlari qanday bo‘lishi, qanday zarbalar bo‘lishi, qanday jihozlar omon qolishi noma’lum", deydi Xarchenko.
Bundan tashqari, u bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasi bilan bog‘liq vaziyat eng og‘ir bo‘lgan hududlarni nomladi. Bular Kiyev, Xarkov, Odessa va Xerson viloyati.
Xarchenko yuqori voltli transformatorlar muammoni hal qila olishini ta’kidladi. Ammo ular Ukrainaga hamkor davlatlardan bahordan oldin olib kelinadi.
Ta’kidlanishicha, Ukrainaning energetika tizimi Rojdestvoga qadar "qulashi" mumkin. Bunday o‘chirishlar mamlakatda sanoatni to‘xtatishi mumkin.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi