Ukraina bir kun ichida Belgorodni 500 marta o‘qqa tutdi – viloyat gubernatori

Olam

image

Ukraina Qurolli Kuchlari bir kun ichida Belgorod viloyatini 500 martadan ortiq o‘qqa tutdi. Bu haqda viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

“Shebekinskiy tumanida 460 dona turli xil o‘q-dorilar otilgan, uchuvchisiz samolyotlardan 26 ta portlovchi moslama tashlangan. Qurbonlar yo‘q. Shebekino shahridagi zarbalar asosan aholi turar joylariga yo‘naltirilgan", deydi Gladkov.

Belgorod gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, viloyatdagi Juravlevka qishlog‘iga 33 ta artilleriya snaryadlari otilgan, unga kamikadze dronidan ikki marta hujum qilingan. Bundan tashqari, Borisov tumanidagi Sapovka qishlog‘i va  Volokonovskiy tumanidagi Stariy fermasi minomyot bilan o‘qqa tutilgan.  

Viloyat hokimining qo‘shimcha qilishicha, Kozinka qishlog‘i o‘qqa tutilishi oqibatida gaz quvuri shikastlangan va 74 abonent gaz ta’minotidan uzilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining asosan ruslardan tashkil topgan harbiy qismlari – “Rus ko‘ngillilari korpusi” va “Rossiya ozodlik legioni” Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatiga hujum boshlagan edi. Shundan so‘ng tinch aholi Belgorodni ommaviy ravishda tark eta boshlagandi. 23 mayga o‘tar kechasi Belgorod viloyati bir necha bor o‘qqa tutildi. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov mintaqada aksilterror operatsiyasi davom etayotganini aytdi. Keyinchalik Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Belgorod viloyati hududiga bostirib kirgan 70 dan ortiq diversant yo‘q qilinganini bildirdi. Bundan tashqari, Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak mamlakat Qurolli Kuchlarining qarshi hujumi boshlanganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Belgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing