Ukraina Belgorod markazini o‘qqa tutdi. Ikki bola halok bo‘ldi

Olam

image

Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Belgorod shahri markaziga zarba berdi. Bu haqda viloyat rahbari Vyacheslav Gladkov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

"Ukraina qurolli kuchlari Belgorod markazini o‘qqa tutdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki bola halok bo‘lgan, jarohatlanganlar ham bor", deb yozadi u.

Bundan tashqari, hujum paytida turar-joy sektoriga bir nechta snaryadlar kelib tushgan. Keyinroq Gladkov Belgorodda raketa haqida ogohlantirish sirenasi yangragani haqida xabar berdi. U barcha aholini xavfsiz joyga borishga chaqirdi.

RIA Novosti'ning yozishicha, portlashlar mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:00da sodir bo‘lgan, shundan so‘ng shaharda qora tutun paydo bo‘lgan. Bir necha daqiqadan so‘ng sirena ovozi eshitilgan. Xavfsizlik xizmatlari Bogdan Xmelnitskiy ko‘chasi va Slavyan prospekti kesishgan chorrahani to‘sib qo‘ygan.

Keyinchalik, Gladkovning aniqlik kiritishicha, xususiy uyga snaryad tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. To‘rt kishi, jumladan, o‘n yoshli bola jarohatlangan. Bundan tashqari, o‘nta xususiy uy, ikkita avtomashina va suv ta’minoti tizimi shikastlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 dekabr kuni Rossiya Ukrainaning bir qancha shaharlariga keng miqyosda havo hujumi uyushtirgandi. Hujum oqibatida 35 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, yana 160 kishi jarohatlandi. Bunga javoban 29 dekabr oqshomida Rossiyaning Bryansk viloyatiga Ukraina tomonidan havo hujumi uyushtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Belgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing