Ukraina bayrog‘i tushirilgan to‘rtta havo shari Qizil maydon ustida uchirildi

Olam

image

Kecha, 12 may kuni tushdan keyin Moskvadagi Qizil maydon ustida Ukraina bayrog‘i tushirilgan 4 ta havo shari uchirildi. Bu haqda “Baza” xabar berdi.

Aytilishicha, Tojikiston fuqarolari bo‘lgan 30 yoshli Alisher Qodirov va 27 yoshli Bahrom Usmonov “Opel” rusumli mashinada Qizil maydon yaqiniga kelib havo sharlarini uchirgan. Oradan bir soat o‘tib, “Opel” to‘xtatilgan. 

Erkaklar havo sharlarini uchirganini tan olgan, biroq ularni Ukraina bayrog‘i haqidagi versiya juda hayratda qoldirgan. Qodirov va Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, afisha pushti-binafsha-sariq ranglarda bo‘lib, unda “Qizim uchun rahmat” deb yozilgan.

Qodirov va Usmonovga nisbatan bir necha moddalar, jumladan, rus armiyasini “obro‘sizlantirish” bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Qizil maydon Ukraina bayrog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing