Ukraina Baxmutning bir qismini qaytarib oldi
Olam
−
13 may 2023
12065Kecha, 12 may kuni Rossiya Baxmut shimoli yangi hujumdan so‘ng Ukrainaga qaytganini tan oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ukraina kuchlarining sharqiy guruhi matbuot kotibi Sergey Cherevatiyning ma’lum qilishicha, Ukraina qurolli kuchlari Baxmut sektoridagi uch kunlik qarshi hujum faoliyati davomida 17,3 kilometr kvadrat hududni qaytarib olgan.
Garchi Kiyev uzoq vaqtdan beri rejalashtirilgan qarshi hujum rasman boshlanganini rad etgan bo‘lsada, ikkala tomon ham Ukrainaning olti oy ichida eng katta yutuqlari haqida xabar bermoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkovning aytishicha, Ukraina Baxmut shimolida 1000 dan ortiq askar va 40 tagacha tank bilan hujum uyushtirgan.
“Rossiya kuchlari 26 ta hujumni qaytardi, biroq qo‘shinlar Baxmut shimoli-g‘arbidagi Berxivka suv ombori yaqinida yana qulayroq pozitsiyalarga qaytdi”, degan Konashenkov.
Shahardagi kampaniyani boshqargan “Vagner” qo‘shinlari boshlig‘i Yevgeniy Prigojin esa o‘z audiomurojaatida Konashenkov tasvirlagan narsa, qayta guruhlash emas, balki “qochish” deb nomlanishini aytgan. Prigojinning alohida videomurojaatida ukrainaliklar Baxmutga qaragan baland yerlarni egallab, shaharga g‘arbdan olib boradigan asosiy magistralni ochganini tan olgan.
LiveBarchasi