Ukraina ba’zi tovarlar eksportini chekladi
Olam
−
07 may 2022
9379Ukraina taqchillikning oldini olish uchun grechka, guruch va suli eksportiga cheklovlar kiritdi. Bu haqda mamlakatning Agrar siyosat va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Taras Visotskiy ma’lum qildi.
“Cheklovlar harbiy holat davrida amal qiladi”, deya rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi TASS.
Ma’lumot uchun, mart oyi boshida Ukraina hukumati eksporti litsenziyalanishi kerak bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini kengaytirib, bug‘doy, makkajo‘xori, go‘sht va mahalliy tovuq tuxumlari, kungaboqar yog‘ini qo‘shdi. Bundan tashqari, qoramollar, ularning go‘shti, tuz, shakar, javdar, tariq va iste’mol qilinadigan go‘sht mahsulotlari eksportiga kvotalar joriy etildi.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xori eksportiga vaqtinchalik taqiq o‘rnatishini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi