Ukraina aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 8 aprelidan 29 aprelgacha MAU aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent va Toshkent-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Kiyevdan parvozlar har payshanba kuni, Toshkentdan esa har juma kuni amalga oshiriladi. Chiptalarni band qilish uchun allaqachon imkoniyat mavjud. Chipta narxiga 23 kg gacha bo‘lgan 1 ta yuk va 2 ta qo‘l yuki (5 va 7 kg) kiradi.

O‘zbekistonga kirish uchun COVID-19 testining 72 soat ichida o‘tkazilgan salbiy natijasi bo‘lishi kerak. Test natijalari bo‘lmagan taqdirda yoki koronavirus alomatlari sezilsa, tekshiruv punktida o‘z hisobidan test topshirilishi kerak.

Shundan so‘ng, yo‘lovchi uy sharoitida yoki mehmonxonada o‘zini-o‘zi 14 kun izolyatsiya qilish sharti bilan O‘zbekiston hududiga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing