Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmaydi – Zelenskiy
Olam
−
17:26
3312Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya harbiylari tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarib olish uchun Ukraina armiyasining kuchi yetmasligini aytdi. Bu haqda u “Kyodo News” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Zelenskiy Rossiya bilan urushni erta tugatishni va Kiyevning NATOga a’zoligi aniq bo‘lgandan keyin diplomatiya orqali o‘z hududining bir qismini Rossiyadan qaytarishni istayotganini aytgan.
Rossiya Ukrainaning sharqiy qismini bosib olar ekan, Zelenskiy o‘z mamlakatini sheriklari tomonidan qo‘llab-quvvatlash yetarli bo‘lmayotgani bildirgan va NATOni Kiyevni transatlantik harbiy ittifoq bilan a’zolik muzokaralariga imkon qadar tezroq taklif qilishga chaqirgan.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiya armiyasi bosib olgan yerlarni kuch bilan qaytarib olishning imkoni yo‘qligini ham ta’kidlagan.
"Bizning armiyamizda bunga kuch yetishmaydi. Bu haqiqat. Biz diplomatik yechimlarni topishimiz kerak", degan u.
Zelenskiy NATOga a’zolik Ukraina xavfsizligi va farovonligi uchun yagona chora deb hisoblaydi. Qolaversa, u Yaponiya, AQSH, Janubiy Koreya va Ukrainaga yordam ko‘rsatgan va Rossiyaga sanksiyalar kiritgan ko‘plab Yevropa va boshqa mamlakatlarga minnatdorlik bildirgan va Ukrainani mustahkamlash uchun ko‘proq yordam kerakligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi uchun Rossiya bilan urushni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirgandi. Ukraina Prezidentining fikricha, alyansga qo‘shilish mamlakatni Rossiyaning keyingi agressiyasidan himoya qilishni kafolatlaydi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi