Ukraina 82 nafar halok bo‘lgan askarning jasadini Rossiyaga qaytardi
Olam
−
14 aprel 2023
7981Ukraina 82 nafar halok bo‘lgan askarning jasadini qaytarib berdi. Bu haqda Ukraina Reintegratsiya vazirligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, marhumlarning jasadlarini topshirish Reintegratsiya vazirligi huzuridagi bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha vakil boshqarmasi tomonidan Jeneva konvensiyasi normalariga muvofiq tarzda amalga oshirilgan.
Rossiya tomoni Ukraina bilan jasadlar almashinuvi haqida hozircha xabar bermagan.
Ma’lumot uchun, urush boshlanganidan beri halok bo‘lganlar jasadlarining eng katta almashinuvi joriy yilning fevral oyi boshida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Kiyev Rossiyada taqiqlangan va ekstremistik deb tan olingan Azov batalonining 150 nafar jangchisining jasad qoldiqlarini olgan. Bundan oldin 2022 yil 14 dekabr kuni esa asirlarni almashish natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining 64 nafar harbiy xizmatchisi va to‘rt nafar halok bo‘lganlarning jasadi qaytarilgan. Joriy yilning 7 martida ham harbiy asirlarni almashish doirasida 130 kishi Ukrainaga qaytgan.
Ukraina Reintegratsiya vazirligi Rossiya bilan halok bo‘lgan askarlarning jasadlari almashtirilgani haqida oxirgi marta 24 mart kuni xabar bergan. Keyin Kiyev 83 askarning jasadini qaytarib bergan.
LiveBarchasi