Ukraina 500 kundan beri dunyoni ilhomlantirmoqda – Blinken

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga o‘zini himoya qilish va kelajagini tiklashda yordam berishga sodiq qoladi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainadagi urushning 500-kuni munosabati bilan bergan bayonotida so‘z ochdi. 

“Besh yuz kun oldin, 2022 yil 24 fevralda Rossiya hukumati Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishni boshladi. Kreml Ukrainani bo‘ysundirishga, uning yerlarini tortib olishga, demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatini ag‘darib tashlashga intilayotgan bir paytda, Ukraina xalqining ruhi o‘zgarmasligicha qolmoqda, Qo‘shma Shtatlar esa Ukrainaga o‘zini himoya qilish va kelajagini tiklashda yordam berishga sodiq qoladi”, deydi Entoni Blinken o‘z bayonotida. 

Uning qayd etishicha, Ukraina xalqi har kuni Moskvaning shafqatsiz, tinimsiz hujumlariga qarshi mudofaada o‘zining mustahkamligi va birligini namoyish etmoqda. Katta musibatlarga duch kelgan Ukraina xalqi BMT Nizomi tamoyillariga rioya qilish muhimligini eslatib, dunyoni ruhlantiradi.

AQSH Davlat kotibining ta’kidlashicha, Rossiya hukumati Ukrainada adolatli va mustahkam tinchlik o‘rnatilishiga yagona to‘siq bo‘lib qolmoqda.  

“Qo‘shma Shtatlar Rossiya hukumatiga sanksiyalar, eksport nazorati va Kremlning urush olib borish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa choralar orqali jiddiy badallarni qo‘yishda davom etadi va biz xalqaro huquqni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishda to‘xtamaymiz”, deydi Blinken. 

Blinkenga ko‘ra, AQSH Ukrainani ittifoqdoshlari va hamkorlari bilan qo‘llab-quvvatlaydi, zarur bo‘lganda, Ukraina o‘zini himoya qilishda davom etishi va muzokaralar stolida eng kuchli pozitsiyani egallashi uchun unga xavfsizlik, iqtisodiy va boshqa yordam ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing