Ukraina 2024 yilda milliondan ortiq dron ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Olam
−
20 dekabr 2023
49212024 yilda Kiyev bir milliondan ortiq FPV razvedka va hujumchi dronlarini hamda 11 mingdan ortiq o‘rta va uzoq masofaga uchuvchi hujumchi dronlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
“Barcha ishlab chiqarish quvvatlari tayyor, 2024 yil uchun shartnoma tuzish boshlanadi”, deb yozgan vazir postida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina FPV dronlaridan tashqari kelasi yili parvoz masofasi bir necha yuz kilometr bo‘lgan 10 mingdan ortiq uchuvchisiz hujumchi va mingdan ortiq 1000 kilometr masofaga uchuvchi samolyotlar ishlab chiqarishga qodir.
Kamishinning qayd etishicha, Ukraina harbiy sanoat majmuasi allaqachon oyiga 50 mingtagacha dron ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan.
Joriy yilning 19 dekabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining uchta uchuvchisiz samolyoti Bryansk viloyatida urib tushirilgani haqida xabar bergandi. 20 dekabr kuni esa "The New York Times" gazetasi Ukraina Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan tahdid qilishga urinayotgani haqida maqola chop etdi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari ham Rossiya FPV uchuvchisiz uchoqlarining asosiy xavfini oshkor qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Rossiya Ukraina bo‘ylab rekord daraja ko‘p dron uchirgan edi.
LiveBarchasi