Ukraina 100 ta bronetransportyor sotib olyapti

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Polshadan mamlakatda ishlab chiqarilgan 100 dona Rosomak bronetransportyorlarini sotib oladi. Bu haqda bugun, 1 aprel kuni Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy ushbu zirhli transportyorlar ishlab chiqariladigan zavodda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

“Kecha men Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigaldan shu yerda ishlab chiqariladigan 100 dona Rosomak buyurtmasini oldim”, degan Moravetskiy.

Uning aytishicha, Rosomak’lar uchun to‘lov Yevropa mablag‘lari, shuningdek, Ukraina qabul qilib olgan Amerika mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Moravetskiyga ko‘ra, Polsha mudofaa sanoatining rivojlanishi tezlashmoqda. Yaqin kelajakda yangi buyurtmalar, xususan, Saudiya Arabistoni va Sloveniyadan kelishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Polsha yiliga 100 ta Rosomak ishlab chiqarishi mumkin. Respublika Bosh vaziri bu raqamlarni oshirishga harakat qilishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha Rosomak bronetransportyor Moravetskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing