Ukraina 1 yanvardan Rossiyadan Yevropa Ittifoqiga gaz va neft tranzitini to‘xtatadi
Olam
−
30 avgust
6022Ukraina 2025 yil 1 yanvardan Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatadi. Buni bugun, 30 avgust kuni Ukrainaning "Noviny.LIVE" portaliga bergan intervyusida mamlakat Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak tasdiqladi.
“Bundan tashqari, eslatib o‘tamanki, 2025 yil 1 yanvardan gazdan tashqari “Drujba” neft quvuri ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Yevropa Ittifoqi rezolyutsiyasiga ko‘ra, ular neft ta’minotini diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini topishlari kerak", deb ta’kidladi Podolyak.
Shu bilan birga, Yevropa davlatlaridan biridan tegishli so‘rov kelib tushsa, Kiyev Qozog‘iston yoki Ozarbayjondan gaz tranzitiga tayyor.
"Bu ajoyib – men hozir istehzo bilan gapiryapman – Putinning ajoyib strategik o‘ylangan operatsiyasi, bu uning gaz va neft orqali hech qanday ta’sirga ega bo‘lmasligiga olib keldi", dedi Podolyak.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday dinamika Rossiya Federatsiyasini energiya resurslarini boshqa bozorlarda demping sharoitida katta chegirmalarda sotishga majbur qiladi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 27 avgust kuni Kiyev Ukrainaning “Naftogaz” va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasidagi yil oxirida tugaydigan gaz tranziti shartnomasini uzaytirmasligini aytdi.
Kiyev avvalroq Rossiyaning “Lukoyl” korporatsiyasidan “Drujba” quvuri orqali neft quyishni to‘xtatishni talab qilgan edi. Budapesht va Bratislava bu qarorga qarshi chiqdi.
Yevrokomissiya Vengriya va Slovakiyaning energiya ta’minotiga tahdid ko‘rmayotganini bildirdi, chunki "Drujba" quvurining janubiy tarmog‘i orqali Yevropa Ittifoqiga uchinchi davlatlardan energiya yetkazib berish hajmi kamaymagan. Bryusselning fikricha, boshqa yetkazib beruvchilarning bu hajmlari yetarli.
LiveBarchasi