Ukraina harbiylari Rubijne, Severodonetsk va Lisichansk hududini tark etmoqda – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalari "uchburchak"ni - Rubijne, Severodonetsk va Lisichansk hududini tark etmoqda. Bu haqda TASS xabar bergan.

"Hozirgi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘plab ukrainalik askarlar uchburchak deb ataladigan hududni – Rubijne, Severodonetsk va Lisichansk hududini tark etmoqda", deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, Ukraina harbiylari keyinchalik ommaviy tarzda taslim bo‘lishadi.

“Ularni, albatta, juda ko‘plab sovg‘alar kutmoqda. O‘zlari ham bundan xabardor, keyinchalik esa ommaviy tarzda taslim bo‘lish jarayonlari boshlanadi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov 1 000 dan ortiq ukrainalik askar Mariupolda ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lgani haqida ma’lum qilgandi. Ulardan 162 nafari ofitser va 47 nafari ayol harbiy xizmatchilar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

677

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing