O‘xshash taqdirlar: Angolaning “Gulnorasi” mamlakatini qanday qaqshatgan?

Tahlil

image

Dunyoning turli burchaklarida hayoti, faoliyati va taqdiri o‘xshash bo‘lgan kimsalar talaygina. Ammo ularning hammasi ham hozir taqqoslanadigan ikki “erkatoy” qizlardek mashhur bo‘lmagan.

Biri Angolani qariyb 40 yil boshqargan Prezidentning qizi Izabel Dush Santush, ikkinchisi esa, bizga yaxshi tanish, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova. Ular o‘rtasida o‘xshashlik ko‘p: ikkovi ham xalqning milliardlab dollar pullarini o‘marish, korrupsiyani boyish manbaiga aylantirishda ayblanadi/ Biri hozirda qamoqda, ikkinchisi esa jinoiy ish figurantiga aylangan.

Afrikaning eng boy ayoli o‘z mulkini mamlakatini ekspluatatsiya qilish va korrupsiya orqali topgani ma’lum bo‘ldi. Jurnalistlar qo‘liga tushgan hujjatlar shundan darak bermoqda.

46 yoshli Izabel o‘z otasi imzolagan qarorlar yordamida Angola boyliklarini o‘marishda ayblanmoqda. U Angolaning olmos va neft sanoati, eng yirik mobilm kompaniyasi, ikkita banki, eng yirik sement ishlab chiqaruvchisidan katta foyda ko‘rgan va Afrikaning eng badavlat ayoli nomini olgan. Otasi Joze Eduardu Dush Santush 38 yil davlatni boshqarib, prezidentlikni o‘zi ishongan me’rosxo‘riga topshirishi ortidan, me’rosxo‘r uning ishonchini oqlamay, oilasi pullari ortidan tushdi.

Gulnora Karimova esa, avval xabar berganimizdek? Buyuk Britaniyadagi muklaridan ayrilib qolish xavfi bilan ro‘baro keldi. Britaniyaning Jiddiy firibgarlikka qarshi kurashuvchi idorasi (Serious Fraud Office) Karimovaga tegishli Londonning Sarrey mavzesidagi qariyb 40 million dollarlik Gorse Hill Manor qasri, Meyferdagi 11 million dollarlik yana bir uy va Belgraviyadagi 2 yarim million dollarlik kvartirani tortib olishga urinishmoqda.

Bir asrlik tarixga ega Gorse Hill Manor qariyb 7 gektar o‘rmonli yer va qayiqda suzish uchun ko‘ldan iborat.

Xalqaro normaga ko‘ra, kuniga 1,9 dollardan kam pulga yashaydigan odam kambag‘al deyiladi. Angolada ekstremal qashshoqlikda yashaydigan aholi 36 foizni tashkil qiladi. Angola chaqaloqlar o‘limi bobida ham eng yuqori o‘rinlarda turadi. Shu o‘rinda aytish joizki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oxirgi nutqida mamlakatning 15 foiz aholisi, ya’ni 4,5-5 million odam kam ta’minlanganini aytib o‘tgandi.

Ayblovga e’tirozlar

Izabel Dush Santush o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad qildi va olib borilayotgan tergovlar shaxsiga nisbatan “siyosiy qoralash” ekanini da’vo qildi. “Mening kompaniyalarim xususiy moliyalangan, biz tijoriy banklar bilan ishlaganmiz”, deydi Santush.

Похожее изображение

Shunga o‘xshash holat Karimova bilan ham kuzatiladi. Uning o‘g‘li, ayni vaqtda Londonda yashovchi kichik Islom Karimov Gulnora Karimovaga nisbatan Britaniyada olib borilayotgan ishga qarshilik ko‘rsatayotganini va bu borada muvaffaqiyatga erishayotganini aytib o‘tgan. Shuningdek, u onasiga tegishli mulklar noqonuniy pullar evaziga sotib olinmaganini iddao qilgan va buni isbotlashiga ishonch bildirgan.

Santush masalasiga qaytsak. Konsalting va audit xizmatlarini taklif qiluvchi yirik Pricewaterhouse Coopers`ning global raisi Bob Morits kompaniyasi Dush Santush xonimga ko‘rsatgan xizmatlaridan “larzaga kelgani va hafsalasi pir bo‘lgan”ini aytgan hamda kompaniya ichki tergov o‘tkazib, chora ko‘rishini bildirgan. Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda PWC (PricewaterhouseCoopers) kompaniyasi O‘zbekistonda ham faoliyat yurita boshlagan.

G‘arbning “yashirin qo‘li”

Izabel Dush Santush va Gulnora Karimova mojarosida e’tiborli jihat shuki, har ikkisi ham o‘z boyligini G‘arb davlatlaridagi yirik kompaniyalar orqali orttirishgan. Ma’lum bo‘lishicha, G‘arbdagi konsultantlar, yuristlar, bankirlar, buxgalterlar Izabelga o‘z milliardlarini boshqarishga yordam bergan. Ular orasida qator AQSH kompaniyalari, xalqaro hisobchi PWC (PricewaterhouseCoopers) ham bor. Bu kompaniyalar Izabel Dush Santushga nafaqat boyligini bir necha karra oshirish, balki uni “yuvish”ga ham yordam bergan.

Картинки по запросu "гuлнора каримоva"

Tarixda bo‘lgani kabi hozir ham rivojlangan davlatlarning “uddaburon” kompaniyalari nisbatan kam rivojlangan davlatlar (Angola va O‘zbekiston kabi) davlatlarga, o‘sha yerdagi “avtoritet”lar orqali kirib, G‘arb andozasini targ‘ib qilish niqobi ostida milliardlab boyliklar orttirgan. G‘arb tajribasini olib kirish masalasida “jon bo‘lishi” mumkin. Ammo o‘sha “targ‘ibotchi” kompaniyalarni tiyib turuvchi qonunlar, normalar O‘zbekiston va Angolada bo‘lmasa-chi? Ayni shu omil ushbu kompaniyalarga katta miqdorda daromad ko‘rishga yo‘l ochib beryapti.

G‘arb davlatlari, AQSH, Britaniya va boshqalar yillar davomida o‘zga davlatlardagi korrupsiya, demokratiyaning yo‘qligini qoralab keladi. Santush va Karimova bilan yuz bergan holat G‘arb davlatlari ham “sutdan chiqqan qoshiq” emasligi va o‘zlarida ham qilinishi kerak bo‘lgan ishlar borligini ko‘rsatadi.

Izabel Dush Santush kim?

Izabel Dush Santush 1973 yilda Bakuda tug‘ilgan. Uning ota-onasi angolalik inqilobchi, keyinroq Angola Prezidenti Joze Eduardu Dush Santush va Sobiq Ittifoq fuqarosi Tatyana Kukanova. Izabel to‘ng‘ich qiz.

Izabel rus, portugal (ona tili), fransuz va ingliz tillarida gaplasha oladi. Angola va Rossiya fuqaroligiga ega. Yoshligida onasi bilan Buyuk Britaniyada yashagan. Angolaga universitetni tamomlagach, kelgan.

Kongo Demokratik Respublikasidan bo‘lgan kolleksioner va biznesmen Sindika Dokolo bilan turmush qurgan. Ayni vaqtda Buyuk Britaniyada yashaydi. 2 mlrd dollarga egalik qilishi aytiladigan Izabel Afrikaning eng boy ayoli hisoblanadi. Asosan Angola va Portugaliyada bank, mobil aloqa, neft kompaniyalari aksiyalariga egalik qiladi.

Картинки по запросu "изабель дuш сантuш"

Izabelning Londonda qimmatbaho ko‘chmas mulklari bor. Angola hukumati unga qarshi korrupsiya bo‘yicha jinoiy ish ochib, bankdagi hisoblarini muzlatib qo‘ygan.

Izabel qanday jinoyatlarda ayblanyapti?

Afrikada korrupsion jinoyat guvohlarini himoya qiluvchi PPLAAF tashkiloti tomonidan Jurnalist-tergovchilar xalqaro konsorsiumiga Izabel jinoyatlari bo‘yicha 700 ga yaqin hujjat topshirilgan. Bu hujjatlarni 37 ta media tashkiloti o‘rganib chiqqan.

Картинки по запросu "изабель дuш сантuш"

Corruption Watch korrupsiya tashkiloti ijrochi direktorining so‘zlariga ko‘ra, bu hujjatlar Dush Santush Angola xalqini ekspluatatsiya qilganini ko‘rsatadi.

2016 yilda Izabel Dush Santush otasining qarori bilan Angola milliy neft kompaniyasi Sonangol prezidenti etib tayinlangan. 2017 yilda esa bu lavozimni tark etgan. Biroq u o‘rniga nomzodni o‘zi tanlagan.

Hujjatlarga ko‘ra, Dush Santush neft kompaniyasidagi so‘nggi kunlarida Dubaydagi Matter Business Solutions konsalting firmasiga jami 58 mln dollar shubhali to‘lovlarni amalga oshirgan. Qizig‘i kompaniya Izabelning do‘stiga aloqador bo‘lgan.

Matter Business Solutions pullar Angola neft sanoatini qayta tashkil qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma doirasida bajarilgan ish uchun o‘tkazilganini aytgan.

Dush Santushning advokatlari Matter Business Solutions kompaniyasiga to‘lovlar mutlaqo qonuniy bo‘lganini ta’kidlagan.

Izabel boyligining katta qismini 2006 yilda o‘ziga tegishli firma orqali Sonangol`dan sotib olgan Galp portugal energetika kompaniyasi ortidan topgan.

Yana o‘sha hujjatlarga ko‘ra, Galp kompaniyasini sotib olishda ham Izabel katta imkoniyatga ega bo‘lgan va to‘lovni amalga oshirish jarayonida 9 mln yevro kam pul o‘tkazgan.

Ammo u bu masalada ham o‘zini aybsiz deb hisoblaydi. Dush Santush xonim bu kelishuv mamlakati neft sohasiga katta foyda keltirganini aytgan.

Qiziq Angola Prezidentining qizi mamlakat mulkini sotib olib, bu xaridni davlati ravnaqi uchun desa. Bu kelishuv Dush Santush aytganidek, investitsiyaga emas, balki Angolaning bir cho‘ntagidan pulni olib, ikkinchi cho‘ntagiga solishga o‘xshaydi. Shu jarayon orasida yana Angola bir kompaniyani yo‘qotgan.

Olmoslar bilan bog‘liq vaziyat

Angola olmoslari taqdiri ham shunga o‘xshash bo‘lgan. 2012 yilda Dush Santushning eri Sindika Dokolo Angola olmoslarni nazorat qiluvchi Sodiam davlat kompaniyasi bilan bir tomonlama kelishuv tuzgan.

Tomonlar Shveysariyaning lyuks toifali De Grisogono brendini sotib olishda 50:50 shartlarda hamkor bo‘lishi kerak edi. Biroq kelshiuvga faqatgina davlat kompaniyasi to‘lov qilgan. Hujjatlarga ko‘ra, oradan 1,5 yil o‘tib, Sodiam hamkorlikka 79 mln dollar kiritgan, Dokolo esa bor yo‘g‘i 4 mln dollar sarflagan.

Картинки по запросu "детство изабель дuш сантuш"

Shu bilan birga, Sodiam unga kelishuv imzolangani uchun 5 mln yevro mukofot to‘lagan. Ya’ni Dokolo kompaniyasi bu kelishuvga bir sent ham ajratmagan.

Olmos bo‘yicha kelishuvlar Angola xalqi uchun faojiali yakunlangan. Sodiam`ning yangi direktori Bravo da Roza olmos bo‘yicha kelishuvlardan Angola bir dollar ham foyda olmay, yetmaganiga qarzlarini to‘lab bo‘lgach, 200 mln yevro zarar ko‘rishini aytgan.

Olmos nazoratiga Dush Santushning eri yaqinlashtirilishi oqibatida Angola 1 mlrd dollarga yaqin zarar ko‘rgan. Dush Santush xonim esa De Grisogono aksioneri bo‘lmagani uchun bu voqeaga izoh berolmasligini ma’lum qilgan.

Картинки по запросu "изабель дuш сантuш"

Biroq hujjatlarda uning moliyachilari Dush Santushni De Grisogono aksioneri sifatida ko‘rsatgan.

Izabel Dush Santush otasi Angola Prezidenti qarori bilan mamlakat poytaxti Luandada sohil bo‘yidan yer sotib olgan va yana oz miqdorda avans to‘lab qutilib qolgan.

Shartnomada yerlar 96 mln turishi ko‘rsatilgan. Dush Santush kompaniyasi bor-yo‘g‘i uning 5 foizini to‘lagan va qolgan pullarni qurilishga tikishga kelishgan. Sotilgan yerda yashovchi aholi poytaxdan 50 km uzoqqa ko‘chirilgan. Ko‘chirilgan joy esa havas qilgulik emas.

Dush Santush bunga izoh berib, uning loyihasi bo‘yicha hech kim ko‘chirilmaganini, chunki loyiha bekor qilinganini aytgan. Ammo ko‘chirilganlar buning aksini aytadi.

Dush Santush xonimning ham Gulnora Karimovadek mobil aloqa kompaniyalariga aloqadorligi bor. U Angoladagi eng yirik aloqa operatori Unitel kompaniyasining 25 foiz aksiyasini sotib olgan. Kompaniyaga litsenziyani 1999 yilda uning otasi bergan, kelasi yili qizi uning aksioneriga aylangan.

Unitel unga divident ko‘rinishida 1 mlrd dollar foyda keltirgan. Uning kompaniyadagi ulushi yana 1 mlrd dollarga baholanadi. Ammo bu xususiy kompaniyadan pul undirishning yagona yo‘li bo‘lmagan.

U Unitel o‘zi tashkil qilgan Unitel International Holdings kompaniyasiga 350 mln yevro qarz berishiga kelishgan. Kompaniya nomi anglashilmovchilik keltirib chiqargan, chunki u Unitel`ga aloqadaor bo‘lmagan va u Izabel Dush Santushga tegishli bo‘lgan.

Shu tariqa Izabel 38 yil Angolani boshqargan diktator otasi Joze Eduardu Dush Santush ko‘magida mamlakatini talagan va xalqini xor qilgan. Bugungi kunda Angola korrupsiya eng avj olgan mamlakatlar qatorida turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Izabel' dush Santush

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing