Uxlayotgan senatorlar yoxud uxlab chiqarilayotgan qonunlar

Bu qiziq

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq so‘zladi.

Mirziyoyev majlisni tark etganidan keyin QALAMPIR.UZ ob’ektivi bir-biridan “chiroyli” kadrlarni tarixga muxrladi.

Biz qonunlarga nega qayta-qayta ishlov berib “randalanishi” va ularning ko‘plari real hayotga, ayrim boshqa qonunlarga to‘g‘ri kelmasligi haqida ko‘p bosh qotirardik. Senat yalpi majlisida savollarimizning javobini topgandek bo‘ldik.

Nega bunday deyotganimizga hayron bo‘lmang! Xorijiy davlatda parlament yig‘ilishlarida deputatlarning guruhlarga bo‘linib, qonun loyihasini qabul qilish yoki qaytarib yuborish yuzasidan tortishuvlarga kirishib ketgani tasvirlangan videolarga tez-tez duch kelamiz. 

Bizda esa majlis ishtirokchilari rahbarlarning zerikarli ma’ruzalaridan pinakka ketganiga guvoh bo‘lamiz. Bunday holat Senat yalpi majlisida ham ro‘y berdi. Ayrim senator va mutasaddilar yo o‘ta toliqqan, yo mamlakatning kelgusi taqdirini belgilab beruvchi qonunlar u qadar qiziqmasligidan uyquga ketishdi. Quyida ularning suratlarini ko‘rishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

1296

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing