Uxanga 350 tonna sabzavot xayriya qilindi

Olam

image

Xitoyning Shandong provinsiyasida joylashgan Veyfang shahri Kornavirus o‘chog‘i sanalgan va hozirda blokadada bo‘lgan Uxan shahriga 350 tonna yuqori sifatli sabzavotlarni hadya qildi. Bu haqda “China daily” nashri xabar bermoqda. 

Veyfang shahar ma’murlari endilikda har kuni 600 tonna yuqori sifatli va arzon sabzavotlarni yetkazib, Uxanni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini aytishdi. 

Shouguang shahar hokimiyati esa Uxan uchun eng yangi sabzavotlarni yig‘ish uchun ixtisoslashgan sabzavot yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi obektlari va yuzlab fermerlarni safarbar qildi. 

Ma’lumot uchun, Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lib, dunyoga tarqalayotgan yangi 2019-nCoV koronavirusidan bugungacha 132 kishi halok bo‘ldi. Xitoyda ushbu virusga chalinganlar soni 5974 nafarni, dunyoda esa 6062 nafarni tashkil etyapti.

Virus Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, BAA va Malayziyaga kirib bordi.

Avstraliyada yangi koronavirus laboratoriya usulida kashf qilindi. U kasallikni o‘rganishga yordam berishi taxmin qilinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Uxan

Baholaganlar

135

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing