O‘quvchilarning ota-onalariga eslatma xat jo‘natgan soliqchilarga “hayfsan” berildi
3-sahifa
−
14 Sentabr
3153Avvalroq, Qashqadaryoda 2-sinf o‘quvchilaridan ota-onalariga soliqlarni vaqtida to‘lab qo‘yish haqidagi eslatmani olib borish so‘ralgani haqida xabar berilgandi. O‘quvchilar orqali soliq to‘lovchilarga eslatma xat yo‘llagan soliqchilarga “hayfsan” berildi. Bu haqda viloyat soliq boshqarmasi xabar berdi.
Videoda ikki nafar fuqaro sinfxonaga kirib, o‘quvchilarga jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlarining to‘lov muddatlari haqida tushuntirish berib, eslatmalar tarqatganligi aks etgan.
Holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, quyidagilar aniqlandi.
Joriy yilning 4 sentyabr kuni soliq inspeksiyasining Ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar tarkibidan Ro‘zmamat Norqobilovich Nurmanov va Bobur Asatullayevich Hazratqulovlar tumandagi 14-sonli o‘rta maktabga borib, 3-sinf o‘quvchilariga jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlari haqidagi eslatmalarni ota-onalariga yetkazish uchun tarqatgan.
“Ammo Inspeksiya rahbariyati tomonidan ushbu xodimlarga eslatmani aynan maktab hududida tarqatish haqida topshiriq berilmagan”, deyiladi xabarda.
Holat sinf rahbari tomonidan video tasvirga olinib, sinf o‘quvchilari ota-onalarining Telegram-guruhiga tashlangan. Natijada ushbu video tasvir ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan.
Ushbu holat yuzasidan Nishon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosariga rasmiy ogohlantirish berildi. Xodimlar Nurmanov va Hazratqulovlar tomonidan yo‘l qo‘ygan xatolari uchun ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
LiveBarchasi