O‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini kitob o‘qiy olmagani uchun urdi (video)
3-sahifa
−
13:57 1929 1 daqiqa
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 39-sonli maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchini kitobni o‘qib bera olmagani uchun kaltakladi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bola kaltaklandimi?” sarlavhali video yuzasidan boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib, maktabda xizmat tekshiruvi boshlangan. Dastlabki o‘rganishlarda voqea joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 10:30 lar atrofida, 3-dars vaqtida sodir bo‘lgani aniqlangan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisi kitobni o‘qib bera olmagani sababli uni bir necha bor kaltaklagan.
Hozirda holatga huquqiy baho berish, shuningdek, unga mas’ul mansabdor shaxslarning xatti-harakatlarini o‘rganish maqsadida xizmat tekshiruvi davom ettirilmoqda. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha maktab rahbariyati va o‘qituvchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
“Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda har qanday zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi bildiriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabda 9-sinf o‘quvchilari hamda informatika fani o‘qituvchisi janjallashib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr