O‘qishga kiritib qo‘yaman, deb 18 ming AQSH dollariga “uxlatmoqchi” bo‘lgan firibgarlar ushlandi
Jamiyat
−
15 iyul 2021
4149Jizzaxda ikki nafar fuqaroga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departament ma’lum qildi.
Habarga ko‘ra, Departamentning Jizzax shahri bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, ayblanuvchilar G.R va J.S. lar oldindan til biriktirgan holda, ikki nafar fuqaroni go‘yoki o‘zlarining vakolatli tanishlari borligiga ishontirib, ular orqali 18 ming AQSH dollari evaziga xorij universitetlaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Qayd etilishicha, ular 5 800 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Durdona Pirnazarova
LiveBarchasi