Kurs UZS

USD

12 909.64

-28.56

EUR

14 908.05

197.32

RUB

159.75

0.24

Uitkoff AQSH Erondan nimani talab qilishini aytdi

Olam

image

AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy mavzulari Tehronda uranni boyitish darajasiga cheklovlar joriy etish, shuningdek, qurol-yarog‘, jumladan, raketalarni nazorat qilish bo‘ladi. Bu haqda AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff kecha, 14 aprel kuni “Fox News”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Eronliklar bilan muzokaralar, umuman olganda, ikkita asosiy nuqta atrofida to‘planadi. Birinchidan, bu [uranni] boyitish. Ular 3,67% dan yuqori boyitishga muhtoj emas. Keyin qurol-yarog‘larni, shu jumladan raketalarni, ular zaxiraga qo‘yganligini tekshirish uchun mexanizmlar bo‘lishi kerak”, dedi u.

Uitkoffning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasida kelishuvda muvaffaqiyatga erishish uchun so‘nggi bir necha yil davomida yo‘qolgan qat’iy tekshirish mexanizmi bo‘yicha bir to‘xtamga kelish kerak.

“Agar biz har tomonlama ko‘rib chiqsak, ijobiy muzokaralar uchun asos bo‘ladi. Agar bu borada hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa, biz hech kimga foyda keltirmaydigan muqobillarni izlashga majbur bo‘lamiz”, dedi u.

Ma’lumot uchun, 12 aprel kuni Ummonda Tehron va Vashington o‘rtasida Eron yadroviy dasturi atrofidagi vaziyatni hal qilish uchun Maskat vositachi sifatida bilvosita muzokaralar o‘tkazilgandi. Eron tomonidan Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, AQSHdan esa prezidentning maxsus vakili Stiven Uitkoff ishtirok etdi.

EronTashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv konstruktiv va tinch muhitda o‘tgan.

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Uitkoff va Aroqchi muzokaralar joyini tark etib, Ummon Tashqi ishlar vazirligi rahbari ishtirokida bir necha daqiqa suhbatlashgan.

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Esmoil Bag‘iy kecha, 14 aprel kuni muzokaralarning navbatdagi raundi 19 aprel kuni Maskatda bo‘lib o‘tishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing