O‘g‘rilangan avtomobil ariq ichidan topildi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida o‘g‘rilab ketilgan avtomashina ariqning ichidan topildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 1 sentyabr kuni soat 01:00 da noma’lum shaxs Bo‘ston tumanidagi 46 yoshli D.X. ga tegishli bo‘lgan va uning yashash xonadoni darvozasi yonida turgan Nexia rusumli avtomashinasini olib qochib ketgan.

Shu kunning o‘zida o‘g‘rilangan transport vositasi YTH sodir qilgan holatda tumanning Nurafshon ko‘chasi o‘ramidan oqib o‘tgan “Navro‘z arig‘i”dan topilgan. 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, mazkur jinoyatni 24 yoshli O.X. sodir etgani aniqlangan. Fuqaro O.X.  jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing