UFC yilning eng yaxshi nokautlarini e’lon qildi (video)

Sport

0:00
0:00
download

Aralash jang san’ati MMA’dagi eng nufuzli tashkilot – UFC 2021 yilning eng yaxshi nokautlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra Irji Proxazka (Dominik Reyesga yo‘llagan aylanma tirsak zarbasi, UFC on ESPN 23), Rose Namayunas (Jang Veyliga yo‘llagan “xay-kik”i UFC 261), Ignasio Bagamondes (Ruzvelt Robertsga aylanma “xay-kik”, UFC Vegas 34) va Kamaru Usmanning (Xorxe Masvidalga qarshi “panch”, UFC 261) g‘alabalari yilning eng yaxshi nokautlari sifatida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile arena”da eng so‘nggi UFC 269 turnirining asosiy jangida yengil vazn toifasida Jahon chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyra (32-8) divizionning birinchi raqamli jangchisi amerikalik Dastin Poreni (28-7) mag‘lub etib, o‘z unvonini saqlab qolgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Usman Nokaut Proxazka Namayunas Bagamondes

Baholaganlar

454

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing