UFC Vegas 31: Habibning vorisi muddatidan avval g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 18 iyul tongda AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Vegas 31 turniri o‘tkazildi. Uning asosiy jangida rossiyalik Islam Maxachev hamda Braziliyalik Tiago Moyzes Oktagonga ko‘tarildi. 

UFC yengil vazn reytingi uchun kechgan bellashuvning 4-raundida Islam raqibini bo‘g‘ish uslubida mag‘lub etdi. Bu uning faoliyatidagi ketma-ket sakkizinchi, umumiy 20 g‘alabasi sifatida qayd etildi. Bungacha bitta jangda imkoniyatni boy bergan. Moyzes esa, 15 g‘alabadan so‘ng, 5-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Bellashuv davomida, divizionning sobiq yengilmas chempioni Habib Nurmuhamedov Maxachevga sekundantlik qildi. Jangdan so‘ng, rossiyalik sportchi yengil vaznning boshqa ishtirokchilariga qarata: “istaganingizcha qoching, men ortingizdan kelyapman”, deya murojaat qildi. Islam MMA olamida Habibning vorisi sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, umumiy reytingda Islam 9, Moyzes esa 14-pog‘onada borayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Islam Maxachev Tiago Moyzes UFC Vegas 31

Baholaganlar

522

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing