UFC Oq uy turnirining sovrin jamg‘armasini e’lon qildi
Sport
−
13:00 767 1 daqiqa
UFC prezidenti Dana Uayt bo‘lajak UFC Oq uy turnirining umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etishini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot rahbari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan turnir matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Asosiy jang mukofoti har ikki jangchiga 300 ming dollardan topshiriladi. Bundan tashqari, eng yaxshi natija qayd etgan jangchilar turnir yakunida yana 200 ming dollardan bonus oladi”, deydi Dana Uayt.
Avvalroq, Donald Tramp AQSHning 250 yilligi munosabati bilan Oq uy hududida UFC turniri o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Ushbu tadbir AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi imzolanishining 250 yilligiga bag‘ishlanadi. Turnir joriy yilning 14 iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, aynan shu kuni Tramp 80 yoshni qarshi oladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnir joriy yilning 14 iyun kuni AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirining markaziy jangi yengil vazn toifasida kechadi. Unda mag‘lubiyatsiz 29 yoshli UFC chempioni Iliya Topuriya hamda 37 yoshli amerikalik, vaqtinchalik yengil vazn chempioni Jastin Getji o‘zaro oktagonga chiqadi.