UFC’ning eng kuchli jangchisi kim? Sexudo javob berdi

Sport

image

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sexudo (16-2) promoushendagi eng kuchli 5 nafar jangchi nomini aytdi.

“Birinchi o‘ringa Nigeriyaning “dahshatli tushi” Kamaru Usmonni qo‘ygan bo‘lardim. U yarim o‘rta vaznda har qaysi raqibning dodini bergan, albatta, Usmon hozirda vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi jangchi.

Ikkinchi o‘rinni Jon Jons egallaydi. Unga birinchi o‘rinni berar edim, biroq Jons uzoq vaqt jang qilmagan bo‘lsa-da eng buyuk MMA vakilidir. Uchinchi raqamda – Aleksandr Volkanovski. U yarim yengil vazn toifasida bir nechta kuchli yigitlarni mag‘lub etgan.

Keyingi o‘rinda Petr Yan. Ha, uning kamari yo‘q, lekin “Oskar” sovrindori Aljameyn Sterling qochib yurganini hammamiz bilamiz. Va nihoyat, Isroil Adesanya bilan reytingimni yakunlayman”, deydi Sexudo.

Ma’lumot uchun, Genri Sexudo erkin kurash bo‘yicha 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. U UFC’ning eng yengil va birinchi yengil vazn toifalarida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgach, faoliyatini yakunlagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Genri Sexudo Kamaru Usman Petr Yan

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing