UFC: Mahmud Murodov muddatidan avval mag‘lubiyatga uchradi (video)

Sport

muradov 1

Bugun, 29 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahrida “UFC Vegas 35” turniri doirasida o‘zbekistonlik Mahmud Murodov o‘zining UFC’dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Unga AQSH vakili Jerald Myorshart raqiblik qildi. O‘rta vazn toifasi reytingi uchun o‘tkazilgan jangning ikkinchi raund ikkinchi daqiqasi o‘tib borayotganda Murodov bo‘g‘ish uslubiga tushib qoldi va bahsni davom ettira olmadi. Shu tariqa o‘zbekistonlik MMA jangchisi ketma-ket uchta g‘alabali seriyadan so‘ng mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. 

Eslatib o‘tamiz, Myorshart faoliyati davomida 47 ta jang o‘tkazib, 33 g‘alaba va 14 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Mahmud Murodov esa 32 bahsda 25 g‘alabaga erishgan. 7 ta bellashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Ma’lumot uchun, o‘rta vazn toifasida chempionlik kamari sohibi Yangi Zelandiya vakili Israel Adesanya hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Mahmud Murodov Jeral'd Myorshart

Baholaganlar

2036

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing