UFC Guskovning debyuti uchun juda jiddiy raqib berdi

Sport

image

Joriy yilning 2 sentyabr kuni Fransiyada navbatdagi UFC Fight Night musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa doirasida O‘zbekistonda tug‘ilgan va mamlakat bayrog‘i ostida janglarda ishtirok etuvchi yarim og‘ir vaznli UFC vakili Bogdan Guskov debyut jangini o‘tkazadi.  O‘sha kuni unga Shveysariya vakili Volkan Ozdemir raqiblik qiladi. 

Avvaliga Ozdemirning rossiyalik Azamat Murzakonovga qarshi jang qilishi belgilangan edi. Biroq Murzakonov bu jangda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu orqali UFC bilan yaqindagina shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik sportchi Murzakonovning o‘rniga zaxira jangchisi sifatida Ozdemir bilan jang qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Bogdan Guskov professional faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 14 tasida g‘alabaga erishgan va 2 ta bahsda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Uning shveysariyalik raqibi Volkan Ozdemir esa bunga qadar 25 ta jangda ishtirok etib, 18 tasida yutgan va 7 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan. U Guskovga qaraganda ancha tajribali hisoblanadi. Ozdemir faoliyati davomida Daniyel Korme, Entoni Smit, Dominik Reyes, Irji Proxaska, Magomed Ankalayev kabi sportchilar bilan jang qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bogdan Guskov UFC'da ikki bayroq ostida jang qilish mumkin emasligini aytib, o‘z tanlovini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra sportchi boshqa millatga mansub bo‘lishiga qaramay, o‘zi tug‘ilib o‘sgan davlat, O‘zbekiston bayrog‘i ostida oktagonga chiqishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya UFC Bogdan Guskov Volkan Ozdemir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing