UFC'dagi “Temurlan”

Intervyu

Avgust oyida dunyodagi eng nufuzli aralash yakkakurash liga hisoblanmish UFC'da jang qiladigan o‘zbek sportchilari soni 3 nafarga yetdi. Yengil vaznda turli ligalardagi yorqin janglari bilan tanilgan Ramazon Temirov UFC matchmeykerlarining e’tiboriga tushdi va oktyabr oyida ligada debyut qiladigan bo‘ldi.

27 yoshli Temirovning tashkilotdagi dastlabki jangi muvaffaqiyatli tarzda yakunlandi. Temirov 33 yoshli tajribali amerikalik Sijey Vergarani 1-raunddayoq texnik nokautga uchratib, yorqin jangdan so‘ng g‘alaba uchun beriladigan 24 ming AQSH dollar gonorardan tashqari, 50 ming dollar bonusga ham ega bo‘ldi.

Ramazon Temirovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, u tez orada UFC bilan yana 4 ta jangga shartnoma tuzadi va liganing top jangchilari bilan to‘qnash keladi, chunki Temirov debyutidagi yorqin g‘alabadan keyin liga top-20 jangchilari qatoriga kirdi.

Xo‘sh, Ramazon Temirovning UFC'ga kirib kelishi qanday sodir bo‘ldi? U bu yo‘lda qanday qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazdi?

QALAMPIR.UZ yuqoridagi savollari bilan Temirovga yuzlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ramazon Temirovning UFC'ga o‘tishi ancha vaqt cho‘zilgan. Aslida uning oxirgi raqibi Sijey Vergara ham Ramazon Temirovga emas, balki qozog‘istonlik Azat Maksum bilan jang qilishi kerak bo‘lgan, biroq Maksum jarohat olgani bois tashkilotchilar Vergaraga qarshi Temirovni to‘qnash keltirgan.

Shuningdek, hozirda menejerlar Ramazon Temirovning ukasi Azizbek Temirovning ham janglarini kuzatib bormoqda va matchmeykerlarga aka-uka Temirovlarni bitta ligada jang qilishi qiziq ko‘rinyapti. Shuning uchun ham tez orada kichik Temirov ham dunyoning eng nufuzli ligasida janglar o‘tkazishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ramazon Temirov 1997 yil Qashqadaryoda tug‘ilgan. Faoliyati davomida MPL, “Naiza” va “Rizin” kabi nomdor ligalarda jang o‘tkazgan. Garchi Temirov jang qiladigan vaznda nokautlar kamroq ko‘zga tashlansa ham, Ramazon qattiq zarbasi evaziga janglaridan 11 tasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ramazon Temirov Temurlan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing