UFC’dagi eng zo‘r jangchi kim? So‘z Mayk Taysonga

Sport

image
0:00
0:00
download

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson UFC’dagi eng yorqin jangchi nomini aytdi. Bu tashkilot tarixidagi ilk chempion Roys Greysi bo‘lib chiqdi.

“Men doim Roys Greysining janglarini tomosha qilganman. U hammaning do‘sti edi va xuddi David singari barcha Goliaflarni mag‘lubiyatga uchratar edi. Ammo endi hamma uning uslubini biladi”, deydi Tayson.

“Temir Mayk” ko‘plab UFC jangchilari bilan iliq munosabatda va o‘zining ko‘plab podkastlarida Genri Sexudo haqida ko‘p gapirgan.

Ma’lumot uchun, Roys Greysi – braziliyalik aralash yakkakurashlar ustasi va jiu-jitsu chempioni. Shuningdek UFC shon-shuhrat zaliga kiritilgan. U birinchi marta 1993 yilda “UFC 1: The Beginning” musobaqasida g‘alaba qozongan. Keyin esa ketma-ket 10 ta bellashuvda raqiblarini taslim etgan. O‘sha paytlarda Mayk Tayson boksdagi karerasining eng yuqori cho‘qqisida bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Tayson Roys Greysi

Baholaganlar

615

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing