UFC chempioni xokkeychi bilan jang qilmoqchi

Sport

image

UFC o‘rta vazn toifasidagi chempioni Shon Striklend Milliy xokkey ligasi (NHL) jamoasi “Vegas Golden Nayts” a’zosi bilan jang qilishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Shon o‘zining X tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Men xokkeychi bilan jang qilishni juda xohlayman. Bu mening orzularim ro‘yxatida va u muz ustida bo‘lishi kerak — bu adolatli bo‘lardi. “Vegas Golden Nayts”, chempioningizni tanlang”, deb yozdi Striklend.

Shon aynan qaysi xokkeychi bilan jang qilishni aytib o‘tmadi. Bu ishni jamoaning o‘ziga qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Striklendning professional MMA rekordi 31 g‘alaba va 7 mag‘lubiyatdan iborat. U jori yilning 10 may kuni chechen millatiga mansub BAAlik sportchi Hamzat Chimayevni ikki ovozli qaror bilan mag‘lub etib, UFC o‘rta vazn chempionlik kamarini qayta qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC NHL Shon Striklend

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing