UFC 308’ning to‘liq kardi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

26 oktyabr kuni Abu-Dabida aralash yakkakurashlar bo‘yicha UFC 308 turniri bo‘lib o‘tadi, unda shouning asosiy voqeasi yengil vazn toifasi chempioni Iliya Topuriya shu vaznda sobiq chempion Maks Xollueyga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Turnirning prelim kardidan 8 ta, asosiy karddan 5 ta jang o‘rin olgan. Asosiy kardda Robert Uittaker va Xamzat Chimayev o‘rtasidagi to‘qnashuv ham ko‘pchilikning diqqat markazida turibdi.

Shuningdek, UFC 308’da o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev rossiyalik Renat Faxretdinovga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq o‘zbekistonlik jangchining jarohati va Faxretdinovning viza muammolari sabab jang bekor qilindi.

Asosiy kard:

Iliya Topuriya - Maks Xollouey;

Robert Uittaker - Xamzat Chimayev;

Leron Myorfi - Den Ige;

Magomed Ankalayev - Aleksandar Rakich;

Sharabutdin Magomedov - Armen Petrosyan.

Prelim kard:

Jeff Nil - Rafael Dos Anos;

Miktibek Orolbay - Mateush Rebetski;

Said Nurmagomedov - Daniel Santos;

Bruno Ferreyra - Abusupiyan Magomedov;

Kennedi Nzechukvu - Jastin Tafa;

Farid Basharat - Viktor Ugo;

Bruno Silva - Ismail Naurdiyev;

Ibo Aslan – Raffael Serkeyra.


Maqola muallifi

Teglar

Xamzat Chimaev Maks Xollouey Iliya Topuriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing