UFC 274 qanday super janglarni vada qilmoqda

Sport

image

AQSHning Arizona shtatida joriy yilning 8 may kuni UFC (The Ultimate Fighting Championship) 274 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UFC’ning rasmiy sayti xabar berdi.

Ushbu kechaning markaziy janggida yengil vazn toifasida Jahon chempioni Charlz Oliveyra o‘zining kamariga rasmiy da’vogar Justin Getji bilan jang qiladi. Biroq  Oliveyra janggacha belgilangan vazndan 230 gramm o‘g‘irroq chiqqan. Getji esa belgilangan 70,3 kilogramm vazni qayd etgan. Shu sababli braziliyalik chempion jangda g‘olib bo‘lgan taqdirda ham chempionlik unvonidan mahrum qilinadi va kamar vakant qoladi. Agar, Justin Getji jangni o‘z foydasiga hal qiladigan bo‘lsa, Jahon chempioniga aylanadi.

Oqshomning yana bir qiziqarli janggida Maykl Chendler Toni Fergyuson bilan kurash olib boradi.

UFC 274 da ertaga, 8 may kuni jang qiladigan barcha juftliklar bilan tanishing:

Asosiy kard:

Charlz Oliveyra – Jastin Getji

Rouz Namayunas – Karla Esparza

Maykl Chendler – Toni Fergyuson

Maurisio Rua – Ovins Sen Pryo

Donald Serrone – Jo Lozon

Prelim kard:

Rendi Braun – Kalinn Uilyams

Fransisko Trinaldo – Denni Roberts

Maki Kiasson – Norma Dumont

Brandon Ruyval – Mett Shnell

Blagoy Ivanov – Markos de Lima

Andre Fialyo—Kameron van Kemp

Tresi Kortez – Melissa Gatto

Kleyson Rodriges – C.J. Vergara

Ariane Karnelossi – Lupita Godines

Jurni Nyuson – Fernando Garsiya

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing