UFC 268: qonli turnirda kimlar g‘alaba qozondi?
Sport
−
07 noyabr 2021
12116Bugun, 7 noyabr kuni Nyu-York shahridagi (AQSH) “Madison Square Garden” arenasida UFC 268 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Asosiy kardni yengil vazn toifasida sobiq vaktinchalik chempion Jastin Getji va Bellator sobiq chempioni Maykl Chendler o‘rtasidagi qarama-qarshilik boshlab berdi.
Qiziqarli kechgan jangning ikkinchi raundida Chendler kuchli aperkot zarbasidan so‘ng, muvozanatni yo‘qotdi. Ammo, sportchi jangni davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bellashuv so‘nggida hakamlar bir ovozdan Getjining g‘alabasini qayd etishdi. Ushbu qonli to‘qnashuv kechaning eng yaxshi janggi sifatida e’tirof etildi.
“Main event” jangi P4P (vazn toifasidan qat’i nazar) yetakchisi Kamaru Usman va yarim yengil vazn toifasining birinchi raqamli sportchisi bo‘lish uchun da’vogar Kolbi Kovington o‘rtasida kechdi.
Chempionlik bahsi to‘liq 5 raund davom etdi va yakunda hakamlar bir ovozdan Kamaru foydasiga qaror chiqardi: 48-47, 48-47, 49-46.
Bu revansh jangi edi: 2019 yil dekabr oyida Usman beshinchi raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
Turnirning yana bir asosiy jangi Frenki Edgar va Marlon Vera o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Birinchi raunddan so‘ng ustunlik Edgar tomonida edi. Ikkinchi raundda Edgar sezilarli darajada sekinlashdi va Vera jangni tenglashtirdi. Uchinchi raundda Vera yanada tajovuzkorlik bilan oldinga siljishni boshladi va “high-kick” zarbasini yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi, shundan so‘ng Edgar oktagonga quladi va hakam darhol jangni to‘xtatdi.
Rouz Namayunas va Veyli Chan bahsi bilan UFC 268 musobaqasi yakunlandi. Mazkur sportchilar o‘rtasidagi revansh janggi ham to‘liq davom etdi. Shu yilning aprel oyida Rouz Veylini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan va ayollar o‘rtasidagi eng yengil vazn toifasi chempioni bo‘lgan edi.
Bu safargi jang esa to‘liq 5 raund davom etdi. Bahs yakuniga ko‘ra, hakamlar 47-48, 48-47, 49-46 hisobiga g‘alabani Namayunasga berishdi. Shu tariqa amerikalik jangchi o‘ziga unvonni o‘zida saqlab qoldi.
LiveBarchasi