UFC-249 turnirining barcha janglari bekor qilindi

Sport

image

Joriy yilning 18 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan UFC-249 turniri koronavirus sabab to‘xtatildi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi.

“Menga yuqoridan qo‘ng‘iroq qilishdi va turnirni to‘xtatishim to‘g‘risida aytishdi. Turnir to‘xtatiladi. Hammasi joyida. Biz bu sinovdan o‘tib olishimiz kerak va iloji boricha tezroq qaytishga harakat qilamiz. Menga hech qanday bosim o‘tkazilmadi. Bu ishda 20 yildan buyon ishlab kelyapman. Boshqalar nima haqida o‘ylashiga tupurdim. Lekin hammasidan eng muhimi salomatlik va xavfsizlik. Birinchi navbatda, mana shu narsa bizni xavotirga solmoqda. Biz tez kunlarda qaytamiz", deya izoh berdi Dana Uayt.

UFC-249 turnirida Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘zaro jang qilishi kerak edi. Shunga qaramay, ushbu bellashuv ham bekor qilindi. Bundan avval UFC-249 turnirida Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang ham qoldirilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang ma’lum bir sabablarga ko‘ra 5 marotaba bekor qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Toni Fergyuson Koronavirus Jastin Getji

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing