O‘FA 5 ming dollar jarimaga tortildi
Sport
−
22 yanvar
13084Osiyo futbol konfederatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va “Nasaf” klubiga qarshi uchta qaror qabul qilib, O‘FAni 5 ming AQSH dollar va “Nasaf”ni 50375 AQSH dollar jarimaga tortdi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Suriyaga qarshi Osiyo kubogi o‘yiniga muxlislar sayyohlik agentliklari reklamasi tushirilgan futbolkalarda kelganlari uchun O‘FA jazolandi.
“Nasaf” esa Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi “Al-Sadd”ga qarshi o‘yinda muxlislar tosh otib, hakam yordamchisiga ziyon yetkazgani, “Sharja”ga qarshi o‘yinda esa raqib futbolchilarining ko‘ziga lazer nuri yog‘dirgani uchun jarima to‘laydi.
Noyabr oyida Afg‘oniston futbol federatsiyasi (FAA) bilan shunga o‘xshash holat yuz bergandi. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash o‘yinida uch muxlis birdaniga maydonga tushgani uchun FAA ham 15 ming dollar jarimaga tortilgan edi.
LiveBarchasi