UEFA Yevro-2024 termalari o‘z tarkibiga ko‘proq futbolchini jalb etish imkonini berdi

Sport

image

Federatsiyalar bilan bir qator maslahatlashuvlar va futbol jamoalari bosh murabbiylari tomonidan o‘tkazilgan ovoz berishdan so‘ng, Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) Yevro-2024 qaydnomalari uchun futbolchilarning maksimal sonini kengaytirishga qaror qildi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu raqam 23 o‘yinchidan 26 taga ko‘paytiriladi. Bunday qarorga futbolda jarohatlar ko‘pligi va murabbiylar rotatsiyasi uchun ko‘proq bo‘sh o‘yinchilar kerakligi sabab bo‘lgan.

Shunday qilib, Yevro-2024 terma jamoalar o‘z tarkibiga 26 nafar futbolchini jalb qilishi mumkin bo‘lgan 3-yirik turnirga aylanadi. Yevro-2020'da bu qaror Covid-19 pandemiyasi tufayli qabul qilingan va keyinchalik 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ham terma jamoalar o‘z tarkibiga 26 nafardan futbolchini jalb etgan. 

2024 yilgi Yevropa chempionati 14 iyun kuni Myunxendagi “Alyans Arena”da mezbon Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Final o‘yini 14 iyul kuni Berlin Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi. Turnir o‘yinlari Myunxen va Berlindan tashqari Dortmund, Gelzenkirxen, Dyusseldorf, Frankfurt, Gamburg, Kyoln, Leypsig va Shtutgart shaharlarida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing