UEFA o‘tgan mavsumda eng ko‘p daromad olgan klublarni e’lon qildi

Sport

image

UEFA Yevropa miqyosidagi musobaqalarda 2024-2025 yilgi mavsumda klublarga berilgan mukofot pullari miqdorlarini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsum davomda UEFA jami 3 milliard yevrodan sal ko‘proq bonuslar taqsimlangan bo‘lib, ularning 2,5 milliard yevrosi Chempionlar Ligasi ishtirokchilarga berilgan.

Chempionlar Ligasining eng ko‘p daromad olgan 10 klubi:

  • PSJ – 144,4 million yevro;
  • “Inter” – 136,6 million yevro;
  • “Arsenal” – 117 million yevro;
  • “Barselona” – 116,6 million yevro;
  • “Bavariya” – 105,9 million yevro;
  • “Borussiya Dortmund” – 102,2 million yevro;
  • “Real Madrid” – 101,8 million yevro;
  • “Liverpul” – 98,1 million yevro;
  • “Bayer” – 87,1 million yevro;
  • “Atletiko Madrid” – 84,9 million yevro.

Yevropa Ligasining eng ko‘p daromad olgan 10 klubi:

  • “Tottenxem” – 41,4 million yevro;
  •  “Manchester Yunayted” – 36,4 million yevro;
  •  “Latsio” – 24,2 million yevro; 
  • “Atletik” – 24,0 million yevro;
  • “Ayntraxt Frankfurt” – 24,0 million yevro; 
  • “Lion” – 22,5 million yevro; 
  • “Budyo-Glimt” – 21,9 million yevro; 
  • “Reynjers” – 20,7 million yevro; 
  • “Roma” – 20,5 million yevro; 
  • “Ayaks” – 20 million yevro.

Konferensiya Ligasining eng ko‘p daromad olgan 10 klubi:

Bu turnir jami 300 million yevrodan kam daromad keltirdi. “Chelsi” esa turnir g‘olibi bo‘lishiga qaramay, Chempionlar Ligasi so‘nggi jamoasi “Slovan Bratislava”dan kamroq daromad olgan.

  • “Chelsi” – 21,8 million yevro;
  • “Betis” – 17,1 million yevro;
  • “Fiorentina” – 14,0 million yevro; 
  • “Yurgorden” – 13,0 million yevro; 
  • “Legiya” – 10,8 million yevro;
  • “Rapid” – 10,7 million yevro; 
  • “Yagelloniya” – 9,6 million yevro; 
  • “Vitoriya Gimaraynsh” – 9,4 million yevro; 
  • “Kopengagen” – 8,7 million yevro; 
  • “Lugano” – 8,5 million yevro.

Ma’lumot uchun, 2024-2025 yilgi mavsumda PSJ Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Yevropa ligasida esa “Tottenxem” bosh sovrinni qo‘lga kiritgan, “Chelsi” esa Konferensiyalar ligasi chempioni bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing