UEFA Ukrainadagi vaziyat tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi
Sport
−
24 fevral 2022
2846Ertaga, 25 fevral kuni Ukrainadagi vaziyat tufayli UEFA ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
“Ijroiya qo‘mita a’zolari vaziyatni baholaydilar va barcha zarur qarorlarni qabul qiladilar”, deyiladi UEFA rasmiy bayonotida.
Avvalroq Yevroparlament deputatlari UEFA'ni 2022 yilda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalini Rossiyadan olib qo‘yishga chaqirgan edi.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi