UEFA Rossiya telekanallarini Yevro-2024 translyatorlari qatoriga kiritdi

Sport

image

Rossiya xalqaro turnirlardan chetlatilganiga qaramay, mamlakat  telekanallari ham Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining (UEFA) Yevro-2024 bo‘yicha translyatorlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqdfa tashkilot o‘z rasmiy saytida xabar berdi.

2024 yilgi Yevropa chempionati 14 iyun kuni boshlanadi. Yevropa chempionati o‘yinlari Rossiyada “Match TV” va “Okko” onlayn televideniyesi orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Yevro-2024 ning final qismi Germaniyada bo‘lib o‘tadi va roppa-rosa bir oy davom etadi. Turnir o‘yinlariga mamlakatning 10 ta shahridagi 10 ta stadion mezbonlik qiladi. Yangi formatdagi Yevropa chempionati “A” guruhidan joy olgan Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan ochiladi. O‘yin 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, Yevropa chempionatining amaldagi g‘olibi Italiya terma jamoasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing