UEFA Rossiya bayrog‘i bilan bog‘liq holatga tayinli izoh bermadi
Sport
−
21 iyun
8290Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Serbiya va Sloveniya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevropa chempionati o‘yiniga Rossiya bayroqlarini olib kirishni taqiqlamadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
20 iyun kuni Myunxenda Serbiya-Sloveniya o‘yini bo‘lib o‘tdi. Stadionga kiraverishda to‘rt nafar rossiyalik muxlisdan o‘z davlat bayroqlarini topshirish so‘ralgan, bu bayroq o‘yinda ishtirok etmayotgan milliy terma jamoani ifodalashini nazarda tutilgan. Muxlislar esa vaziyatdan bayroqlarni teskari qilish yo‘li orqali chiqib ketgan va Serbiya terma jamoasi ishqibozlari ekanliklarini aytib, boshqa kirish yo‘lagidan stadionga kirgan.
“Qoidaga ko‘ra, barcha bayroqlarga ruxsat beriladi, faqat bayroqlar provokatsion va yoki kamsituvchi deb hisoblangan, yoki xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Yevropa chempionati 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Rossiya terma jamoasi UEFA tomonidan qo‘yilgan taqiq sababli turnir saralashida ishtirok etmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevro-2024 o‘yinlariga Falastin va Isroil bayroqlarini olib kirish taqiqlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi