UEFA prezidenti yangi mavsum va Superliga haqida gapirdi 

Sport

image

Kecha, 6 sentyabr kuni UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Jenevada bo‘lib o‘tgan Yevropa klublari assotsiatsiyasi Bosh assambleyasida nutq so‘zladi.

“2021 yilda hech qanday g‘ayrioddiy voqea sodir bo‘lmaydi. Biz normal hayotga qaytishni istaymiz. Buning uchun sharmandali va tushunarsiz Superligaga qarshi birlashishimiz kerak. Umid qilamanki, bu shunchaki epizod edi xolos. Ushbu voqelarni yana boshdan kechirishni xohlamaymiz. Biz birdam bo‘lishimiz, normal hayot sari intilishimiz va butun futbol olamini birlashtirishimiz kerak”, deydi Cheferin.

Avvalroq, Yevropaning eng kuchli futbol klubi rahbarlari yangi chempionat – Yevropa Superligasi tashkil etilganini e’lon qilgandi. “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “Liverpul”, “Chelsi” , “Arsenal”, “Barselona”, “Atletiko” , “Real”,  “Milan”, “Inter” va “Yuventus” klublari yangi turnirning asoschi jamoalari bo‘lgandi.

So‘ngra UEFA Superliga ishtirokchilarini Yevropa va Jahon chempionatlarida qatnashishini taqiqlashini e’lon qildi. Bundan tashqari, UEFA Superligada o‘ynovchi klublarni o‘z musobaqalaridan chetlatishini ham qo‘shimcha qildi. Ko‘plab boshqa klublar, milliy assotsiatsiya va futbol vakillari Superliga g‘oyasini qoralab chiqishdi.

Futboldagi mojaro, hatto, siyosatchilar e’tiboridan ham chetda qolmadi. Yettita Bosh vazir “huquqiy bomba” bilan tahdid qildi.

Shu tariqa “Real” prezidenti Florentino Peres boshchiligida tuzilajak loyiha barbod bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Real Yuventus EChL Superliga Peres UEFA Cheferin Barsa

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing