UEFA Grizmanning diskvalifikatsiya muddatini uzaytirdi

Sport

image

UEFA “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanning diskvalifikatsiya muddatini uzaytirdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Fransiyalik futbolchi “Liverpul” hujumchisi Roberto Firminoga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartochka oldi. “Enfild”dagi o‘yinda Grizmann oyog‘ini baland ko‘tarib, braziliyalikning qulog‘iga zarba bergan edi. 

Aslida UEFA “Atletiko” vakillarini Grizmanning diskvalifikatsiyasi bir emas, ikkita o‘yindan iborat bo‘lishi haqida ma’lum qilgan edi. Shu tariqa futbolchi Chempionlar ligasidagi “Milan” va “Liverpul”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Antuan “Atletiko” safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Liverpul' Grizmann Firmino

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing