UEFA Chempionlar ligasi: Ronaldu Italiyaga qaytdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi uchrashuvdan avval Italiyaga qaytish taassurotlari haqida o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Italiya men va oilamni juda yaxshi qabul qilgan mamlakat, qalbimda abadiy qoladigan ajoyib makon hisoblanadi. Men tajribamdan bilamanki, Bergamoda “Atalanta”ga qarshi o‘ynash har doim qiyin, ammo biz guruhimizda birinchi o‘rinni saqlab qolish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Bu Chempionlar ligasi va biz esa “Manchester Yunayted”miz, olg‘a”, deya yozgan Ronaldu. 

“Qizil iblislar” YeCHL 3-turidan so‘ng, “F” guruhida 6 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Bergamoliklar esa 4 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rin egallab turibdi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda MYU Ronalduning so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu joriy yil yozda “Yuventus”dan “Manchester Yunayted” safiga kelib qo‘shilgandi. 

Ma’lumot uchun, “Atalanta” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi 4-tur uchrashuvi “Atleti Adzurri” o‘yingohida Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted EChL Krishtianu Ronaldu UEFA Atalanta

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing