UEFA Bellingemni ham jazoladi
Sport
−
05 iyul 2024 5570 1 daqiqa
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionati 1/8 finalida Slovakiya terma jamoasi darvozasiga gol urganidan keyin qilgan odobsiz ishorasi uchun UEFA tomonidan 30 ming yevro jarimaga tortildi va bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Bellingemning diskvalifikatsiyasi Yevro-2024 o‘yinlarida amal qilmaydi va futbolchi qaysi o‘yinda maydonga tushmasligini o‘zi hal qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi musobaqaning chorak finalida Shveysariyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bahsga Dyusseldorfdagi “Merkur Shpil-Arena” mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiyalik futbolchi Merih Demiral “kulrang bo‘ri” ishorasi uchun Yevro-2024'ning 2 ta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr