UEFA 20 ta klubga sanksiya qo‘llamoqchi
Sport
−
23 avgust 2022
4215Yevropaning 20 ta klubi, jumladan, “Barselona” va “Yuventus” UEFA'ning FFP (financial fair play) qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, UEFA o‘tgan mavsumda moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan 10 ta jamoaga nisbatan sanksiyalarni kelasi oyda e’lon qilishi kutilmoqda. Ushbu ro‘yxatga “Barselona”, PSJ, “Yuventus”, “Inter” va “Roma” kabi nomdor klublar kiradi.
Qayd etilishicha, PSJ va “Marsel” ushbu ish doirasida jarimaga tortilsa, “Inter” va “Roma” jarima va transfer cheklovlari bilan jazolanadi. Shuningdek, “Barselona” va “Yuventus” UEFA bilan FFP masalasida muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi.
Ma’lumot uchun, jami 20 ga yaqin klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda. Yuqoridagi nomdor klublardan tashqari Londonning “Arsenal” jamoasi ham shubha ostida bo‘lib turibdi. Biroq hamma klublar ham UEFA'ga hisobot taqdim etmagan, shuning uchun moliyaviy qoidalarni chetlab o‘tgan jamoalarning soni o‘zgarishi mumkin.
LiveBarchasi