Uddaburonlikmi yoki ahmoqlik? Toshkentda “dom” yonidan qo‘shimcha uy qurib olgan shaxs aniqlandi
Jamiyat
−
06 may 2023
19945Toshkentda fuqaro ko‘p qavatli uy oldida o‘ziga qo‘shimcha uy va ofis qurib olgani aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, fuqarolarning murojaatiga asosan 2019 yilda qurilishi tugallangan va davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi uyda noqonuniy holat o‘rganildi. 3-xonadon mulkdori N.R. tomonidan o‘zboshimchalik bilan ochiq maydon bo‘lgan terassa qismi g‘isht bilan yopib, yashash joyi va ofis sifatida foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tegishli tartibda bayyonoma rasmiylashtirilib, o‘zgartirilgan joylarni avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha mulkdorga majburiy ko‘rsatma berildi.
Bu kabi holat Toshkentda birinchi marta uchramayapti. Aslida ko‘p qavatli uylar oldidagi yerdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish qonunan taqiqlanganini barcha biladi. Biroq ko‘rib turgangizdek insonni hayratga soladigan yuqoridagi kabi holatlarga duch kelamiz. Xo‘sh, bu uddaburonlikmi yoki ahmoqlik?
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida “Yangi turmush” mahallasida joylashgan 2021 yil qurib bitkazilgan ko‘p qavatli turar-joy binosining tom qismida noqonuniy ravishda qo‘shimcha uy qurilgani aniqlandi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi
Trenddagilar

