Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga “uchastka” qurilgani aniqlandi (foto)

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida “Yangi turmush” mahallasida joylashgan 2021 yil qurib bitkazilgan ko‘p qavatli turar-joy binosining tom qismida noqonuniy ravishda qo‘shimcha uy qurilgani aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining bir necha bor ogohlantirishlari ham mulkdorlarni ushbu fikrdan qaytarmagan.

“Ayni daqiqalarda mulkdorlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda”, deyiladi xabarda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing