Uchtepadagi fojiada 2 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

“Beshqayrog‘och” ko‘chasida olib borilayotgan qurilishda tuproq ostida qolgan 3 kishining 2 nafari halok bo‘lgan. Buni Uchtepa tuman hokimining o‘rinbosari Aziz Naimov tasdiqladi.

“Haqiqatdan ham Uchtepa tumani “Beshqayrog‘och” ko‘chasida olib borilayotgan kollektor qurilishida (kotlovan qazish vaqtida) 5 nafar  “Shafoat” mas’uliyati cheklangan jamiyat xodimlari ishlayotgan bo‘lgan. Ammo tuproq ko‘chishi natijasida 2 nafar ishchi xodim hayotdan ko‘z yumgan, 1 nafar xodim ayni damda shifoxonada, qolgan 2 nafar ishchilarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Uchtepa tumani “Beshqayrog‘och” ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Uchtepa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing